Toshkent viloyati hokimi Yangi xalqaro aeroport qayerga qurilishi haqidagi maʼlumotni ochiqladi

    Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 11-avgust kuni “Hokimlik soati” yigʻilishida Toshkent viloyatida qurilishi rejalashtirilgan yangi xalqaro aeroport Oʻrta Chirchiq tumanida joylashishi mumkinlini haqida gapirdi.

    Uning taʼkidlashicha, yangi Toshkent xalqaro aeroporti Oʻrta Chirchiq tumanining 1 200 gektar maydonda barpo etiladi. Shuningdek, Bekoboddan Boʻka, Piskent va Nurafshon orqali poytaxtga temiryoʻl quriladi.

    «Bekobod shahar, Bekobod tuman, Boʻka, Piskent, Nurafshon orqali Toshkent shahriga temiryoʻl loyihasi kiritilib, loyihalashtirib, yanagi yil boshla degan topshiriq ketayotgan boʻlsa, 1 200 gektar aeroport Oʻrta Chirchiq tumaniga kelib joylashsa, yana nima qilib berilishi kerak davlat tomonidan, aytinglarchi?», degan hokim.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida yangi aeroport amaldagi Toshkent xalqaro aeroportidan 17 kilometr janubda, Toshkent–Samarqand yoʻnalishidagi mavjud avtomobil yoʻli va yaqin kelajakda barpo etiladigan pullik avtomagistralga yaqin hududda joylashishi haqida gapirgandi.