Tadbirda barcha tuman-shaharlardan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yigit-qizlarning oʼz mehnatlari mahsuli boʼlgan hunarmandchilik namunalari, ishlab chiqarish va dehqonchilik mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda viloyatdagi yoshlar tashkilotlarining koʼplab vakillari va faollari, Yoshlar ittifoqining taʼlim muassasalari, korxona-tashkilotlaridagi yetakchilari, “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari hamda iqtidorli yoshlar qatnashdi.

Maʼlumotlarga koʼra, mamlakatimizda 18-30 yoshdagi saylovchilar qariyb 33 foizni tashkil etmoqda. Joriy yil 24 oktyabr kuni boʼlib oʼtadigan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 880 ming 155 nafar yoshlar birinchi marotaba ishtirok etadi.

Аksiya doirasida yosh saylovchilar oʼrtasida oʼzaro fikr-mulohazalar almashildi.

Mazkur tadbirda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov ishtirok etib, yoshlar bilan fikr almashdi, ularning rejalari, tashabbus va takliflarini tingladi.

Uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarni har doim qoʼllab-quvvatlashga tayyor ekanini taʼkidladi.