Qayd etilishicha, Hukumatning shu yil 9-sentyabrdagi tegishli qarori bilan obodonlashtirish sohasida boshqaruv faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va maqbullashtirish, ortiqcha va bir-birini takrorlovchi funksiyalarni tugatish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyati tugatildi.

Shu munosabat bilan maqbullashtirilayotgan shtat birliklari hisobidan 20 ta shtat birliklari va ish haqi xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni Chirchiq shahar obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkazildi.