Boʻka tumani IIB tomonidan tergovga jalb qilingan gumonlanuvchi shaxsning vafot etganligi holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, viloyat prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari davomida ikki nafar tezkor xodim qamoqqa olingan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 4-iyun kuni Toshkent viloyati Boʻka tumani hududida sodir etilgan qator oʻgʻirliklarda gumonlanib, soʻroq qilingan Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 36 yoshli U.S. vafot etgan edi.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, voqeaga aloqador boʻlgan 2 nafar tezkor xodimlar J.D. va Gʻ.Sh.lar hibsga olingan.