Maʼlum qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi qarori bilan, bugun Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtishi belgilandi.

Yigʻilishda bir qator qonun loyihalari muhokamasi boʻlib oʻtadi. Xususan, Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl, Bekobod shaharlari chegaralarini oʻzgartirish masalasi deputatlar muhokamasiga kiritilgan.

Deputat O.Tojiyevni alohida qayd etishicha, ushbu masala tegishli komissiyalar tomonidan jiddiy oʻrganilgan, aholini fikri olingan va qonunchilikda belgilangan tartibga koʻra Xalq deputatlari mahalliy va hududiy kengashlarda muhokama qilinib, qarorlar qabul qilinib, Hukumat tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan.