Tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish xolatlari asosan, Davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilgan va ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etilayotganligi achinarli holat.

Jumladan:

Xorazm viloyati “Xorazm ohak tayyorlov” MCHJga qarashli ohak sexi gaz tarmogʻiga hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ulangan va davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,447 mlrd. soʻmni;

Qashqadaryo viloyati “Qarshi trans lyuks” XKga qarashli 1 gektar maydondagi va fuqaro Salimov Obidga qarashli 0,6 gektar maydondagi issiqxona xoʻjaliklarida ham tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelingan, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 0,945 mlrd. soʻmni;

Navoiy viloyati “Filmari” MCHJga qarashli ohak sexi gaz tarmogʻiga hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ulangan va davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 0,367 mlrd soʻmni tashkil etgan.