Toshkent viloyati veterinar va chorvadorlariga velosiped hamda termosumkalar topshirildi

    Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, uning tuman boʻlimlari hamda hududiy “Chorvanasl” markazlarida mehnat qilayotgan bir guruh mutaxassislar ularga berilgan velosiped va maxsus jihozlangan termosumkalarni qabul qilib oldi.

    Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun veterinariya xizmati xodimlari tomonidan hayvonlarni turli kasalliklarga qarshi emlash, qoramollarni sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida joylarda faoliyat olib boruvchi veterinariya mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

    Tadbirlar davomida shuningdek, chekka hududlarda joylashgan aholiga tegishli qoramollarni sunʼiy urugʻlantirish ishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida texnik osemenatorlarga zarur asbob-uskunalar, 98 ta sunʼiy urugʻlantirish jamlanmalari berildi.