Bugun barcha joyda bo‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham  ovoz berish jarayonlari qizg‘in o‘tmoqda.

Jarayonlarda hududlardagi yoshlar faol ishtirok etmoqda, tashkil etilgan saylov uchastkalarida o‘z huquqidan foydalanib,  ovoz berishmoqda.

Viloyatimiz yoshlarining bunday faolligi mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish, ularning o‘z bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratilayotganligi tufaylidir.

Jumladan, 603 ming 495 nafar 18-30gacha yoshlarning  71 foizi soat 12:00 holatiga ko‘ra, ovoz berib bo‘lishdi.

Gulichehra DURDIYEVA,

"Yangi O‘zbekiston" muxbiri