Ushlangan shaxslar bilan oʻtkazilgan suhbat davomida dorilarni “Maʼmurxon” ismli shaxsdan olganligini aniqlanadi va tadbir davom ettiriladi. Toshkent tumanida yashovchi M.Z. ham 43 ta konvalyutadagi jami 430 dona tramadol va 33 dona tropikomid tabletkalarni shartli xaridorga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qoʻlga olinadi.
Mazkur dori vositasining asosiy manbasini aniqlash va jinoyatga butunlay chek qoʻyish maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, olingan maʼlumotga asosan, Toshkent tumani “Oltintepa” MFYda yashovchi 1894-y.t. A.J.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechiriladi. Koʻzdan kechirish davomida 5 789 dona “tramadol” va 8 640 dona “selofen” kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositalari saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olinadi.
Toshkent tumani IIB tezkor xodimlar tomonidan tunu kun oʻtkazilgan tadbir natijasida taxminiy bozor narxi 1 milliard soʻmga teng boʻlgan jami 6 239 dona “tramadol” giyohvandlik dori vositasi va 8 640 dona “selofen” hamda 33 dona “tropikomid” kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dorilar daliliy ashyo sifatida olinib, besh nafar shaxslar ushlanadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, yuqorida qayd etilgan shaxslar protsessual tartibida ushlangan.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati