Toshkent viloyatida 260 gektar maydonni toʻrt yuz ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

    Gumonlanuvchi hujjatlarni kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali pul evaziga tayyorlab berishga vaʼda bergan.

    IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda yer sotish bilan bogʻliq firibgarlik va pora berishga oid jinoyatlarni fosh etishdi

    Joriy yilning 29-aprel kuni Zangiota tumanida hamkorlikdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

    1985-yilda tugʻilgan “Chirchiq shagʻal saralash” MCHJ direktori, 1981-yilda tugʻilgan, fuqaroga Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, hududida gʻallachilik-chorvachilik yoʻnalishida ajratilgan 260 gektar boʻsh yer maydonini 400.000 AQSH dollariga sotishga kelishgan.

    Ushbu shaxs hujjatlarini kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali pul evaziga tayyorlab berishga vaʼda qilib, oldindan boʻnak tariqasida 40.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

    Gumonlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 224-moddasi tartibida ushlanib, holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamentining Zangiota tumani boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.