Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi

    Bugun, 5-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:52 Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi.

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmik monitoring markazi maʼlum qildi.

    Zilzila epitsentri Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani.

    Zilzila koordinatalari: 41,73 gradus shimoliy kenglik; 70,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 96 km shimoliy-sharqda.

    Oʻzbekiston hududidagi silkinishlar kuchi: Boʻstonliq tumani 2 ball, 28 km.