баннер
23 Mar 2025
21:32

    Toshkent viloyatida 5 nafar ayolni shahvoniy maqsadda chet elga joʻnatayotgan shaxslar ushlandi

    Ayol va qizlarni shahvoniy maqsadda Oʻzbekiston tashqarisiga olib chiqmoqchi boʻlgan 8 nafar shaxs daliliy ashyolar bilan ushlandi.

    Buning natijasida 5 nafar ayol odam savdosi qurboniga aylanishining oldi olindi.

    Xususan, Olmaliq shahrida yashovchi 1998-yilda tugʻilgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida qoʻlga olindi. U 2006-yilda tugʻilgan qizni Turkiyaga noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi boʻlgan.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Shuningdek, OITSni tarqatish bilan bogʻliq 13 ta holat aniqlanib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy huquqiy chora koʻrilishi natijasida ushbu shaxslarning boshqa fuqarolarga infeksiya yuqtirishining oldi olindi.

    Shuningdek, tadbir davomida qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bogʻliq 85 ta, fohishalik bilan shugʻullanish boʻyicha esa 16 ta holat fosh etilib, barchasiga nisbatan tegishli tartibda qonun ustuvorligi taʼminlandi.

    Shu kabi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida noqonuniy qurol saqlash, tovlamachilik va qimorxona tashkil qilish bilan bogʻliq 27 ta jinoiy holat aniqlandi. Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar koʻrildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech