Shu bois ham Toshkent viloyati IIBB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari noqonuniy ravishda olib ketilayotgan pirotexnika vositalarini aniqlash ishlariga alohida e'tibor qaratmoqda.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berishicha, Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” muntazam yo'l patrul` xizmati maskanida xizmat o'tayotgan inspektorlar tunggi soat ikkilar atrofida vodiy yo'nalishidan Toshkent tomon harakatlanib kelayotgan S.Qodirov boshqaruvidagi transport vositasini to'xtatadi. Tekshiruv vaqtida avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo'lmagan 6768 quti pirotexnika vositasi topildi va Ohangaron tuman IIBga topshirildi. endi haydovchiga nisbatan tegishli tartibda chora ko'riladi.

Shu o'rinda eslatma, pirotexnika vositalarini saqlash, ishlab chiqish, tashish, jo'natish, foydalanish, O'zbekiston hududiga noqonuniy yo'llar bilan olib kirish, olib chiqish yoki o'tkazish kabi noqonuniy faoliyat yuritgan shaxslarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 1851-moddasiga asosan huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobaridan 20 barobarigacha jarima solinadi.