Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yilning 1-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish va hudud uchun zarur boʻlgan tor mutaxassislarni tayyorlash maqsadida mahalliy byudjetdan yetarli miqdorda grant mablagʻlari ajratilishi, mazkur grant asosida taʼlim olgan shifokorlarga tegishli viloyatga borib, uch yil ishlab berish majburiyatini yuklash vazifalari belgilangan edi.
Topshiriqqa asosan Toshkent viloyati hokimining 2021-yil 27-maydagi 197-F-sonli farmoyishi qabul qilindi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati xodimi Margʻuba Sultonova.
Kontrakt asosida tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarida oʻqiyotgan 186 nafar klinik ordinatorlar va magistrlar roʻyxati shakllantirildi. Birinchi bosqichda 70 nafar klinik ordinatorlar va magistrlarning toʻlov kontrakt summalarini toʻlab berish ishlari boshlandi.