Tadbir DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Ohangaron shahrida oʻtkazildi.

Aniqlanishicha, ular tadbirkorning ishonchiga kirib, Ohangaron tumanida joylashgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan 16 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, u rahbarlik qilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyat nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 million 400 ming AQSH dollari talab qilishgan va 300 ming AQSH dollarini oldindan berishi kerakligini aytishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.