Qayd etilishicha, 2023-yil 4-aprel kuni "S.Najimov" postida yuklarni  bojxona nazoratidan oʼtkazishda kamchiliklarga yoʼl qoʼyilgani aniqlanib, mazkur holat boʼyicha Bojxona qoʼmitasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Ushbu postning barcha xodimlari ishdan boʼshatilayotganligi haqidagi xabarlar haqiqatga toʼgʼri kelmaydi.

Mazkur holat boʼyicha tegishli chora koʼrish xizmat tekshiruvi yakunlari boʼyicha koʼrib chiqiladi.