Ularning 287 ming gektari asosiy, 86 ming gektari takroriy ekin sifatida, 5,5 ming gektari bog' va tok qator orasiga hamda 33 ming gektari lalmi maydonlarga joylashtirildi. Shuningdek, viloyatda g'alladan bo'shagan maydonlarning 86,8 ming gektarida, shundan 8,3 ming gektarida sabzavot, 7,7 ming gektarida kartoshka, 44,4 ming gektarida dukkakli, 23,9 ming gektarida ozuqabop ekinlar yetishtirildi. Poliz ekinlari 336 gektarni tashkil etdi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, ushbu maydonlardan jami 1 mln 64 ming tonna mahsulot yig'ishtirib olingan.
Takroriy maydonlardan olinadigan hosilning 156,5 ming tonnasi viloyat aholisi iste'moliga, 31 ming tonnasi qish-bahor oylari uchun jamg'arishga hamda viloyat iste'molidan ortiqcha qismi hisobidan 217,1 ming tonnasi Toshkent shahri yarmarkalariga va 159,6 ming tonnasi eksportga yo'naltirilmoqda.