Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirida Angren shahar “Lashkerek“ MFY ning muhofaza etiladigan tabiiy hududda 8 dona gʻarb bulbulini noqonuniy ravishda qoʻlbola usuldagi sirtmoqlardan foydalanilgan holda ovlayotgani aniqlandi.

Holatga aniqlik kiritilganda huquqbuzarlikni Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqarolar Sh.Yu. va R.A. lar sodir etilgan.

Ularga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima chorasi qoʻllanildi.

Holatga qonuniy qonuniy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Angren shahar jinoiy ishlar sudiga yuborildi. Qushlar ochiq tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborildi.