27 yanvar` kuni soat taxminan 21:30larda Ohangaron tumani, “Gulobod” mahallasidan Parkent tumani, “Qiziltog'” qo'rg'oniga olib boruvchi yo'lning chap tarafi yo'l sathidan 3 metr pastlikda, qizil rangli chamadon ichidan yoshi taxminan 30 – 35 larda bo'lgan, osiyo millatiga mansub ayol kishi murdasi qotillik alomatlari bilan topildi.

Holati  yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Murdaning shaxsiga aniqlik kiritildi. Toshkent viloyati prokuraturasi dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.