Festival ishtirokchilari Bo'stonliq tumanidagi eng yirik yoshlar oromgohida, Chimyon qishlog'idagi "Yoshlar oromgoxi"da joylashadi, bu yerda musobaqa ishtirokchilari uchun asosiy sport maydonchalari tashkil etiladi.

Ishtirokchilarni iliq kutib olish uchun tashkilotchilar tomonidan zamonaviy va milliy musiqa-folklor jamoalarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi milliy orkestrini jalb qilish rejalashtirilgan.

Musobaqada ishtirokchilar xavfsizligi va salomatligini ta'minlash uchun festival yo'nalishlari va sport maydonlarida tegishli idoralar jalb etiladi.

Festival tashkilotchilari: Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, Qishki va murakkab texnik sport turlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi va Qishki sport turlari assotsiatsiyasi.