Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor reyd tadbirlarida holatga tezkorlik bilan aniqlik kiritilib, huquqbuzarlikni Nurafshon shahri “Hurriyat” MFYda yashovchi 1968-yilda tugʻilgan fuqaro M.X.tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida jarima chorasi qoʻllanildi.
Daryo qisqichbaqalari esa Toshkent suv omboriga qoʻyib yuborildi.