Toshkent viloyatida elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

    Sanoat 8 Dekabr 2023 1091

    Toshkent viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin.

    Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, Xitoyning Shandun provinsiyasida boʻlib oʻtayotgan ikki tomonlama muzokaralarda bu haqida dastlabki kelishuvga erishildi. Dastlabki bosqichda yigʻuv sexi quriladi, ikkinchi bosqichda esa ishlab chiqarish joriy etiladi.

    Loyihaga 2024-yili start berilishi kutilmoqda.