Qarorga muvofiq, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilandi.
Loyiha doirasida quvvati 1 400 MVA boʻlgan 500/200/10 kV kuchlanishli, yillik elektr energiyasini taqsimlovchi zamonaviy energiya tejamkor nimstansiya qurilishi, umumiy uzunligi 410 km elektr uzatish tarmoqlari qurilishi koʻzda tutilmoqda.
Qarorga koʻra, loyihani amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlari jalb etilishi hamda loyiha doirasida xalqaro tender savdolari oʻtkazilishi belgilandi.