баннер
2 Mar 2025
04:26

    Toshkent viloyatida eri tomonidan kaltaklangan ayol vafot etdi

    IIB axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, ayol koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

    Qayd etilishicha, 23 yoshli ayol koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun shifoxonada vafot etgan.

    Mazkur holat jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgani sababli qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi JKning 126(1)-moddasi 8-qismi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oqqoʻrgʻon tumanida turmush oʻrtogʻini kaltaklagan 37 yoshli erkak IIO tomonidan protsessual tartibda ushlangani, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani va ayol tibbiy muolaja olayotgani haqida xabar berilgan edi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech