Holat Yangiyo‘l tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va ish sudga yuborildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1983 y.t. fuqaro N.A., Neksiya transport vositasida qo‘shnisiga tegishli bo‘lgan itni (farzandlarini tishlamoqchi bo‘lgani uchun) yashash manzilidan dala maydoniga olib ketayotgan vaqtida (itni arqon bilan bog‘lagan holda avtotransportda sudrab) hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda  bo‘lgani aniqlangan.

Xodimlar tomonidan fuqaro N.A. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan va unga nisbatan MJtKning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun JIB Yangiyo‘l tumani sudiga yuborilgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.