Toshkent viloyatida etishtirilayotgan 97 turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari dunyoning turli burchaklari, xususan, 38 mamlakatga eksport qilinmoqda. Ayniqsa, Avstriya, CHili, Makedoniya, Serbiya davlatlarining bozorlarida mamlakatimizda etishtirilayotgan mahsulotlarga talab ortmoqda.
Tahlillarga ko'ra, o'tgan 9 oy mobaynida 109,2 million dollarlik jami 218,7 ming tonna qishloq xo'jaligi mahsullari eksport qilingan. Birgina Rossiya davlatiga yuborilayotgan 78 turdagi meva va sabzavot mahsulotlarining mablag' ko'rsatkichi 44,1 million dollarga teng bo'lmoqda. Bundan tashqari, Qozog'istonga 119,1 ming tonna, Xitoy davlatiga 12,7 ming tonna mahsulot chiqarilgan. eksport qilingan gilos hajmi jami 10 tonnaga yaqin bo'lib, 7 ta davlatga 11,6 million dollar miqdorida sotilgan.
Joriy yilda xorijga chiqarilgan 16,2 ming tonna uzum hosilining teng yarmi Parkent tumani hissasiga to'g'ri kelmoqda.
Viloyat mirishkorlari tomonidan etishtirilgan quritilgan meva va sabzavotlarning ham bozori haridorgir bo'lib, bugungi kunda AQSHga 317 tonna quritilgan poliz va sabzavot mahsulotlari salkam 1 million dollarga eksport qilingan.
SHuni alohida ta'kidlash joizki, joriy yilda hatto eng olis davlatlardan biri bo'lgan CHiliga ham viloyatda etishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari etib borgan.
Gulichehra DURDIEVA,
"YAngi O'zbekiston" muxbiri