Toshkent viloyatida gidroenergetika sohasida yangi GeSlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan tanishuv

    Qariyb 85 yildan buyon ishlab kelayotgan GeSning 4 ta agregati ishlash quvvatini samaradorligini yo'qotib, ta'mirga muhtoj bo'lib qolgan edi.

    “O'zbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan OAV vakillari uchun media-tur uyushtirildi.

    Media-tur qatnashchilari Toshkent viloyatida gidroenergetika sohasida yangi GESlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida so'nggi 4 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda sohada jadal sur'atlarda olib borilayotgan yangi investitsiyaviy yirik loyihalar, yangi gidroenergetik quvvatlar bilan yaqindan tanishishga muyasssar bo'ldi.

    Dastlab CHirchiq shahrida barpo etilgan CHirchiq-Bo'zsuv traktida joylashgan yangi “Kamolot” GeSda ilk bor tajriba sifatida “kapsula” usulida gidroagregatlar o'rnatish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida to'liq berildi.

    Mazkur GeSda OAV vakillari uchun “CHirchiq GeSlar kaskadi” UK direktori Abdurasul SHodmonov, bosh pudratchi korxona vakili Asmandiyor Zaydullaev hamda xitoylik hamkor mutaxassislar bilan gidroinshootning texnik xarakteristikasi, gidroenergetik quvvatlari, zamonaviy standartlarga javob beradigan texnologik qurilmalari borasida interv`yular ham tashkil etildi.

    Keyingi manzil, “CHirchiq GeSlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Oq-qovoq GES-1 (GES-10) bo'ldi.

    –Ushbu ob'ektda OAV uchun GESda olib borilayotgan modernizatsiya jarayonlari, GESning tarixi va CHirchiq ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni borasida mutaxassislar tomonidan zaruriy ma'lumotlar berildi, – dedi"O'zbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisining Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi, matbuot xizmati boshlii Ravshan Baykulov.

    – Media-turning keyingi ob'ekti “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi “GES-3”da davom ettirildi. CHirchiq-Bo'zsuv suv-energetik traktidagi “Qodiriya GeSlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Qodiriya GES (GES-3) da olib borilgan modernizatsiya jarayonlari yakunlari hamda ushbu GES faoliyati bilanham yaqindan tanishildi.

    shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, 1933-yilda qurilgan mazkur GESning o'rnatilgan umumiy quvvati 13,2 MVt dan iborat. Qariyb 85 yildan buyon ishlab kelayotgan GeSning 4 ta agregati ishlash quvvatini samaradorligini yo'qotib, ta'mirga muhtoj bo'lib qolgan edi. Modernizatsiya ishlari yakunlanganidan so'ng, GeSning umumiy quvvati 15,34 MVt ga etkazildi. GeSning yillik o'rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish ko'rsatkichi 124 mln.kVt.soatga etkazildi.

    Gidroenergetika sohasining taraqqiyoti mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi va quvvatlarini oshirish bilan birga, yangi GESlar qurilayotgan, modernizatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlar joylashgan hududlar aholisining turmush farovonligini oshishiga, ishlab chiqarish subektlarining elektr quvvatlari bilan ta'minlanishiga mustahkam zamin yaratadi.

    Gulichehra DURDIEVA,

    "YAngi O'zbekiston" muxbiri