Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida, Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olinib, ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, 23 nafari maʼmuriy tartibda qamoqqa olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Tadbir davomida, ushbu va boshqa shaxslardan noqonuniy ravishda saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, oʻq-dori va elektroshoker, turli hajm va koʻrinishdagi pichoq, kastet va bitalar;

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Giyohvandlikka qarshi kurash yoʻnalishida, 50 dan ortiq holatlar fosh etilib, 11 kg giyohvandlik moddalari va 8 ming 703 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 64 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib qonun ustuvorligi taʼminlandi. 2 nafar bedarak yoʻqolgan fuqaro topilib oilasiga qaytarildi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.