Toshkent viloyatida ham koʻchma emlash markazlari oʻz faoliyatini boshlaydi

    Salomatlik 30 Iyun 2021 1479

    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, eksperiment tarzda Zangiota tumanidagi bozorlar, aholi gavjum joylarda sanitariya-gigiyeniya qoidalariga amal qilgan holda COVID-19ga qarshi vaksinalar bilan emlash ishlari olib boriladi.

    Bu tadbir barcha tuman-shaharlarda tegishli tartibda davom ettiriladi, deya xabar beriladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

    Bugungi kunda viloyatda kasallanganlar soni 20 ming 229 nafarga yetgan boʻlib, hozirda muolaja ishlari olib borilyapti. Kasalxonalarda davolanayotganlar soni 349 tani tashkil qilmoqda. Jumladan, 29-iyun kuni 61 fuqaroda " COVID-19» infeksiyasi aniqlangan.

    Tahlillarga koʻra, mavsum boshidan buyon Toshkent viloyatida jami 291 ming 607 doza koronavirusga qarshi vaksina bilan aholini emlash tadbirlari oʻtkazildi. Shundan: 65 yosh va undan yuqori yoshdagilarga 81 ming 48 doza;

    Tibbiyot xodimlari - 73 ming 199 doza;

    Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilari- 44 ming 93 doza;

    Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari-21 ming 305 doza;

    Surunkali kasalligi bor fuqarolar-41 ming 241 doza;

    Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari – 14 ming 762 doza;

    Boshqalar – 15 ming 959 doza

    Hudud aholisi 47 ming 149 doza “AstraZeneca”, 233 ming 224 doza “ZF-UZ-VAC2001» va 11 ming 234 doza «SPUTNIK-V” vaksinalari bilan emlandi.