Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Naʼmunaviy loyihalar asosida “IT-shaharcha”larni barpo etish, ularni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar, zaruriy muhandislik infratuzilmalari bilan taʼminlash ishlari olib boriladi hamda bu boʻyicha ishchi guruh shakllantiriladi.
Shuningdek, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar, xorijiy tillar va zamonaviy kasblar yoʻnalishida yuqori bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar, yaʼni mentorlarni jalb qilish rejalashtirilgan.