Toshkent viloyati IIBB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent tumanida o'tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkilotining g'oyaviy ta'siriga tushib, ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlab kelgan 8 nafar a'zosi qo'lga olindi. Bu haqida IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, qo'lga olinganlar 22-25 yoshlardagi shaxslar bo'lib, o'zaro kelishgan holda, kelgusida Suriya davlatiga chiqib “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkiloti jangarilari safiga qo'shilishni reja qilganlar.
Hozirda holat yuzasidan qo'shimcha surushtiruv, tergov harakatlari olib borilmoqda.