Toshkent viloyatida “Mis klasteri” tashkil etilmoqda

    “Mis klasteri”ning umumiy qiymati 118 million dollar boʻlib, 9 ta yangi loyiha doirasida yillik quvvati 54 ming tonna misni qayta ishlash imkoniyati yaratiladi.

    Maʼlumotlarga koʻra, global yashil iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va elektromobillar ishlab chiqarish hajmining ortishi tufayli 2030-yilga kelib, jahonda misga boʻlgan talab 40 foizga oʻsishi kutilmoqda.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-iyundagi “Mis va noyob metallar xomashyosini qayta ishlashning texnologiya zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini yuzasidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida “Mis klasteri” tashkil etilmoqda.

    Shu maqsadda viloyat hokimining qarori asosida “Ohangaron Tech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilib, mazkur klaster uchun qishloq xoʻjaligi yerlaridan 138 gektar yer maydoni ajratildi.

    Mis ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida yangi tashkil etilayotgan “Mis klasteri”ning umumiy qiymati 118 million dollar boʻlib, 9 ta yangi loyiha doirasida yillik quvvati 54 ming tonna misni qayta ishlash imkoniyati yaratiladi.

    Mis quvurlarini ishlab chiqarish, turli xildagi kabel mahsulotlari, SIM va bank kartalari, elektronika mahsulotlari kabi boshqa turdagi koʻplab mahsulotlar shular jumlasidandir.

    Eksport hajmi 200 million dollarni tashkil etib,1000 ga yaqin ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda.