So‘nggi ikki yilda hududda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 99 ming 43 nafarni tashkil qildi. 2021-yil viloyat bo‘yicha 56 ming 179 fuqaro mazkur yo‘nalishda ro‘yxatga olingan.

Xususan, ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha 9 ming 810 nafar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlarda 8 ming 399 nafar, qishloq xo‘jaligi yo‘nilishi bo‘yicha 19 ming 273 nafar, axborot kommunikatsiya yo‘nalishlarida 1 ming 577 nafar, maishiy xizmatlar ko‘rsatishda 12 ming 687 nafar va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyat turlari bo‘yicha 4 ming 433 nafar ro‘yxatga olinib bandiligi taʼminlangan.

Hududlar bo‘yicha, Bekobod tumanida 3 ming 827 nafar, O‘rta Chirchiqda 3 ming 783 nafar, Chinozda 3 ming 258 nafar, Zangiotada 3 ming 223 nafar, Oqqo‘rg‘onda 3 ming 182 nafar, Bo‘kada 3 ming 158 nafar, Angrenda 3 ming 121nafar va Qibrayda 2 ming 976 nafarni tashkil etadi.

Joriy yil davomida viloyat bo‘yicha 39 ming nafar fuqaroni ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha qadar 8 ming 149 nafar fuqarolar ro‘yxatga olingan.

Taʼkidlash joizki, soliq organlari xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida eng chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi kabi 60 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning bandligi taʼminlanmoqda.