Toshkent viloyatida pillachilik bo'yicha Vetnam tajribasi qo'llaniladi

    Ma'lumot uchun, Vetnam pillachilari yiliga 4 marotabagacha hosil olishadi.

    Toshkent viloyati hokimining o'rinbosarlari Botir Alimbekov hamda Zuxra Mirgaziyevalar boshchiligidagi bir guruh soha mutaxassislari, tadbirkorlar Vetnamda bo'lib turibdi. Ular Vetnamning bir qator kompaniyalari bilan muzokoralar o'tkazmoqda. Bak Nin, Xanoy, Xun En, Lam Dong provinsiyalarida aholi xonadonlarida tut ko'chatlarini yetishtirishdan tortib, ipak qurti boqish, uy sharoitida pilla tolasini qayta ishlash, yigirish, undan ip-kalava, shoyi matolar hamda ipak gilam to'qish kabi bir qator jarayonlar bilan tanishmoqda.

    Ushbu ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 12-fevral kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida agrar sohani rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalar qatorida ilg'or xorijiy, jumladan, Vetnam davlati tajribasini o'rganish va pillachilik sohasida investorlarni jalb etish topshirig'i asosida amalga oshirilyapti. Buning ortidan pillachilikda viloyatdagi 90 ming nafar xotin-qizning bandligi ta'minlanadi.

    Ma'lumotga uchun, Vetnam pillachilari yiliga 4 marotabagacha hosil olishadi.