Bu haqda “Oʻztemiryoʻlovchi” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xavfli harakatlar oqibatida bolalar — 2013-yilda tugʻilgan M.I. va 2012-yilda tugʻilgan B.B. kontakt tarmogʻining elektr taʼminoti kuchlanishida tan jarohatlar olgan. Ikkala bola ham zudlik bilan kasalxonaga biri 20 foiz, ikkinchisi 80 foiz tana kuyishi bilan yotqizilgan.

“Ushbu baxtsiz hodisada bolalar mashhur ijtimoiy tarmoqlar uchun videoga tushish va koʻproq „layk” olishni maqsad qilganlar», — deyiladi xabarda.

Kompaniya ota-onalardan farzandlari bilan qator xavfsizlik mavzularida tez-tez suhbat qurishlarini, ular bilan temir yoʻl liniyalari yaqinida harakatlanish va ulardan otish qoidalari haqida tushuntirish suhbatlari olib borishlarini soʻradi.