Tadbirkor qop ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

    Sanoat 20 Oktabr 2020 2326

    Parkent tumanining Qoraqalpoq qishlogʻidagi “ZAR-PLAST IMPEKS” masʼuliyati cheklangan jamiyati qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, bu yerda xalq xoʻjaligining koʻpgina sohalarida ishlatiladigan turli oʻlchamdagi qoplar tayyorlanadi.

    Tadbirkor Sardorbek Qudratov rahbarlik qilib kelayotgan korxona joriy yilda faoliyatini boshladi.

    Bugungi kunda jamoada 11 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Korxonada yana 17 ta ish oʻrni yaratiladi. Ishchilar oyiga 4 mln. soʻmgacha maosh olishmoqda. S.Qudratovning aytishicha, hali oldinda amalga oshiriladigan rejalar koʻp.

    Bundan tashqari, korxonada qoplarga ip oʻtkazish uchun mahalladagi 16 ta xonadon aʼzolari ham ish bilan taʼminlagan. Ular ham bundan xursand, qoʻshimcha ishga jalb etilganlarning har biri oyiga 1 mln. 500 soʻmdan qoʻshimcha daromad olmoqdalar.