Toshkent viloyatida transportlar qatnovida muntazamlikni ta'minlash uchun barcha choralar ko'rilmoqda

    Xabaringiz bor, yurtimizdagi joriy vaziyatda birinchi galda aholiga gaz va issiqlik yetkazib berishni ta'minlash maqsadida gaz quyish shoxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar o'rnatildi.

    Aytish mumkinki, joriy yilning 25 yanvar kungi yoqilg'i zaxirasining hisobiga Toshkent viloyati hududida transportlarning yetarli miqdorda harakati yo'lga qo'yildi. Xususan, viloyatning tuman va shaharlaridagi ayrim yo'nalishlarda 163 ta avtobus va 86 ta mikroavtobus qatnovi ta'minlandi.

    Kunning ikkinchi yarmida yoqilg'i zaxirasi tugab qolishi hisobiga yo'lovchi tashish transportlarining faoliyati pasaymoqda.

    Hozirda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy choralar — gaz quyish shoxobchalari faoliyatini qisman yo'lga qo'yish variantlari ko'rib chiqilmoqda.

    Alohida ta'kidlash joizki, yo'lkira narxlarining asossiz oshirib yuborish hollari borasida qat'iy nazorat o'rnatilgan. Inspektorlar yo'nalishlarda reyd tadbirlarini olib borishmoqda.

    Toshkent viloyati Transport boshqarmasi

    Axborot xizmati