Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning «Aksa Enerji» kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida qurilgan, quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berilgan edi.

Mazkur elektr stansiya bugun, 2022 yil 14 yanvar soat 11:15 da O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

Ushbu issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,0 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Qurilmalarning foydali ish koefitsienti yuqoriligi hisobiga, yiliga 290 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo‘shimcha 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Umumiy qiymati 150 million dollarga teng bo‘lgan mazkur loyiha Turkiyaning «Aksa Enerji» kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur elektr stansiya «Aksa Enerji» kompaniyasi tomonidan respublikamizda ishga tushirilgan ikkinchi IES xisoblanib, birinchisi joriy yilning 11 yanvarda Buxoro viloyatida (quvvati 270 MVt) , deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.