Viloyat IIBB, DXX hududiy boshqarmasi hamda tuman huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar protsessual tartibda qoʻlga olindi.
Tezkor koʻzdan kechirish jarayonida ushbu manzildan 3 kg “pregabalin”, 25 kg “trilon”, 20 litrli idishlarda suyuqlik va prekursorlar, shuningdek, tayyor mahsulotlarni qadoqlash uchun moʻljallangan boʻsh kapsulalar hamda 3 ming dona boʻsh flakonlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Surishtiruv davomida maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchilar laboratoriyani tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalarni internetdagi “narkotijoratchi” kuratorlardan olib, ularning moliyaviy koʻmagida ish yuritishgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, musodara qilingan moddalarning “qora bozor”dagi qimimati 300 ming AQSH dollarini tashkil etib, 50 mingdan ortiq dozadagi dorilar tarqatilishining oldi olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251(1)-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqarolardan yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan boʻlsalar, ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari soʻraladi.