Unda aytilishicha, 15-mart kuni YPX inspektori, safdor A.Roʻzmetov haydovchi B.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasini tekshirish uchun toʻxtatganida haydovchi spirtli ichimlikdan mast holda ekani aniqlangan va maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga qoʻyilgan.

Shundan soʻng haydovchi B.Sh. D.Ibodullayevning yoniga kelib, sodir etgan qoidabuzarligini yengilroq qoidabuzarlik turiga almashtirib, avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqazib berishini, buning evaziga 5 million soʻm pul berishini aytib, xodimga pora taklif qilgan.

Bu fuqaroga pora berish jinoyat ekanini tushuntirishiga qaramay, unga toʻxtovsiz pora taklif qilayotganini bildirib, haydovchiga nisbatan tegishli tartibda chora koʻrishni soʻraydi.

YPX xodimi bildirgisi asosida OʻXB Toshkent viloyati boʻyicha boʻlimi va Chirchiq shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilib, jarima maydonining qorovulxonasida gumon qilingan shaxs YPX xodimiga 5 million soʻm pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB