Nurafshon shahrida barpo etilgan mazkur markaz qariyb 18 milliard soʻm mablagʻ evaziga qurilgan boʻlib, 4 qavatli zamonaviy infratuzilmaga ega. U viloyatdagi 22 ta tuman va shahar tibbiyot muassasalarini uzluksiz ravishda qon va uning komponentlari bilan taʼminlaydi.

Yangi markazda qonni qayta ishlash, tayyorlash va zaxiralash jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan. Shuningdek, u xalqaro standartlarga mos zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, qon xavfsizligi va sifatini yuqori darajada taʼminlash imkonini beradi.

Ayni paytda markazda 90 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, 2 ta sayyor guruh hududlarga chiqib, donorlikni rivojlantirish, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish hamda qon topshirish aksiyalarini tashkil etmoqda.