Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mahkum M.Tursinbayev zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan mahkum M.Tursinbayev 16-fevral kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.