Xabarga koʻra, 2021-yil 8-dekabr kunidan boshlab Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan oʻtuvchi 4R-253 Toshkent–Turkiston–Qozogʻiston chegarasidagi avtomobil yoʻlining 3-kilometrida, temir yoʻl ostidan yoʻl oʻtkazgich barpo qilinmoqda.
Shu munosabati bilan qurilish ishlari yakunlanguniga qadar harakat vaqtincha cheklanadi.