Majlisda taʼkidlanganidek, Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarining oʻzgartirilishi bilan

Boʻka tumanidan 8,2 gektar Oqqoʻrgʻon tumani tarkibiga,

Angren shahridan 143,6 gektar,

Oʻrta Chirchiq tumanidan 3278,9 gektar maydon Ohangaron tumaniga,

Ohangaron tumanidan 2931,8 gektar maydon Angren shahri tarkibiga,

Angren shahridan 1094,0 gektar, Boʻstonliq tumanidan 312,2 gektar yer maydoni Parkent tumaniga,

Parkent tumanidan 493,3 gektar yer maydoni Boʻstonliq tumaniga,

Bekobod tumanidan 588,6 gektar Bekobod shahri tarkibiga,

Boʻstonliq tumanidan 256,7 gektar Chirchiq shahri tarkibiga,

Zangiota tumanidan 8,9 gektar yer maydoni Yangiyoʻl tumaniga,

Yangiyoʻl tumanidan 286,9 gektar yer maydoni Zangiota tumani tarkibiga

388,0 gektar yer maydoni Yangiyoʻl shahri tarkibiga,

Yuqori Chirchiq tumanidan 60,1 gektar Qibray tumani tarkibiga,

Qibray tumanidan 1884,9 gektar maydon Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga,

62,0 gektar yer maydoni Boʻstonliq tumani tarkibiga,

1584,0 gektar yer maydoni Chirchiq shahri tarkibiga,

Piskent tumanidan 286,75 gektar yer maydoni Boʻka tumani tarkibiga, 3564,6 gektar maydon Olmaliq shahri tarkibiga,

Olmaliq shahridan 102,5 gektar yer maydoni Piskent tumaniga,

Ohangaron tumanidan 23,1 gektar yer maydoni Olmaliq shahri tarkibiga oʻtkazilmoqda.

Majlisda xalq vakillari kun tartibidagi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorini qabul qilishdi.