Prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov kun tartibidagi masala yuzasidan fikr bildirib, viloyat sektor rahbarlarining lavozimga munosiblik masalasi ham ayni paytda davlat rahbarining eʼtiborida ekanini taʼkidladi.
Xususan, viloyat prokurori, IIBB boshligʻi lavozimidan ozod etilib, “vazifasini bajaruvchi” maqomida vaqtincha ishlashi, Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi aytildi.
“Bu qaror, berilgan muddat bu ikki rahbarga oʻzini koʻrsatish uchun imkoniyat” deya taʼkidlandi yigʻilishda.