Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 17-sentyabr kuni “Islom Karimov nomidagi ”Toshkent“ xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Yekaterinburg-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan fuqaroning 1 dona yashil rangli yoʻl sumkasi tegishli tartibda tekshirildi.
Natijada sumka ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz boʻlgan 1 dona “STALKER” pnevmatik toʻpponchasi hamda 860 dona oʻqlar borligi aniqlandi.