21-aprel kuni animatsion forum doirasida “Kinochilar uyi”da bir qator tadbirlar oʻtkazildi. Dastlab Ozarbayjonlik animatorlar Elchin Xaami Axundov va Rashid Agamaliyevlar ishtirokida “NEIGHBORS” turkumidagi animatsiyalar namoyishi boʻlib oʻtdi. Unda animatsion filmlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilib, tomoshabinlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Soʻng maxsus mehmon rossiyalik mashhur animatsiya tanqidchisi Dina Goder oʻzining zamonaviy animatsiya, undagi tendensiyalar va sohadagi noodatiy texnikalar haqidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Forum xorijlik va mahalliy animatorlarga tajriba almashish imkoniyatini yaratdi. Shuningdek, tadbirlar davomida Germaniya, Rossiya, Qozogʻiston va Ozarbayjon kabi 10 ga yaqin davlatdan kelgan animatorlar tomonidan yoshlarga muntazam ravishda mahorat darslari oʻtkazildi. Bu oʻzbek animatsiyasiga yangi yoʻnalishlar olib kirish, animatorlar tajribasini oshirish, oʻzbek multiplikatsiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati