Toshkent xalqaro kinofestivali ertaga boshlanadi
28-centyabr 3-oktyabr kunlari oʻtkazilayotgan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida koʻplab yulduzlar ishtirok etadi.
Aktyorlar va kinoijodkorlar festival ochilish marosimida ishtirok etishi bilan birga respublikamiz viloyatlariga ham safar uyushtiradi.
Dasturga koʻra, Toshkent xalqaro kinofestivalining ikkinchi kunida 14 ta xorij davlatlarining maxsus kino kunlari boʻlib oʻtadi. Ular orasida xalqimiz sevgan Hindiston delegatsiyasi ham katta dastur va mehmonlar bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati