Joriy yil 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar Toshkentda “Ipak yo'lida turizm—2022” 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTY)  bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Yarmarka “O'zekspomarkaz” Milliy ko'rgazmalar majmuasi pavilyonida o'tkaziladi. Unda turizm mahsulotlarini targ'ib qilish, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida turli konferentsiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko'rgazmalari, O'zbekistonning turizm salohiyatiga ega hududlarining taqdimotlari, milliy taomlarni tayyorlash bo'yicha mahorat darslari o'tkaziladigan gastro-bozor tashkil etiladi.

Ko'rgazma 1995-yildan beri BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ko'magida o'tkazilib, har yili sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini jamlab, ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun sharoit yaratib kelmoqda.