Toshkentda 10 ming dollar evaziga haj vizasi qilib bermoqchi boʻlganlar ushlandi

    Xavfsizlik 5 Iyun 2023 1714

    Toshkent shahar, Uchtepa tumanida joylashgan “A.K.” MCHJ rahbari “A.M.” va jamiyat xodimlari “I.I.”, “M.X.”lar bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktiradi.

    Fuqaro “T.I.”ning ishonchiga kirib, uni aldab, unga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 10000 AQSH dollari evaziga “Haj” ziyorati uchun “Haj vizasi” qilib berishni vaʼda qiladi.

    Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar Yashnobod tumani boʻlimi xodimlari tomonidan va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda 2023-yilning 2-iyun kuni fuqaro “T.I.”ning arizasida keltirilgan vajlarni tekshirib koʻrish maqsadida Toshkent shahar, Uchtepa tumanida joylashgan “A.K.” MCHJ ofisida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

    Tadbirda kelishilgan mablagʻdan 3.000 AQSH dollarini olgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan fuqarolar “A.M.”, “M.I.“, ”A.M." va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.